Maftuna.Ru

Assalomu alaykum, Mehmon
Assalom alaykum,
Afitsantim
1 2 >>
Afitsantim 1 qism
Martabasi tog’lardek ulug’,bosgan xar bir qadami qutlug’ insonlardan tawkil topgan oilaning jondan aziz farzandiman. Otam Psixologiya fanlari nomzodi,onam esa Respublikamizdagi ko’zga ko’ringan Oliy o’quv yurtlarining birida bo’lim raxbari lavozimida faoliyat yuritadilar. Akam xalqaro Diplomat o’zim esa Towkent davlat Moliya institutining 1-bosqich talabasi edim. Wukurkim oilamizda pulga muxtojlik degan tuwuncha mavjud emasdi.Deyarli xar kuni turli xil restaranlarda ovqatlanib, oddiy axolidan farqli o’laroq qimmatbaxo do’konlardan kiyinardik. Oilamiz 4 kiwidan iborat bo’lsada 5 ta mawinamiz xamda akam bilan mani nomimda yawayotgan uyimizdan tawaqari aloxida uylarimiz xam bor edi. Bularning barchasi Ota onamning mexnatlari evaziga ortirilgandi. Akam esa o’wa boyliklarga o’z uluwini qo’wib kelayotgandi. Wu tariqa woxona xayot tarzida birin ketin kularimiz o’tib boraverardi.Xech narsaga zoriqmay yawayotgan bo’lsamda biroq negadr o’zimni doim yolg’iz xis etardim. Balki oila a’zolarim o’zlarining tawviwlari bilan bo’lib manga juda kam vaqt ajratiwlari bunga sabab bo’lgandir. Buning ustiga wu vaqtgacha ulardan ortiqcha e’tibor xam kutmaganman.Biroq bir kun kelib xayotimga mazmun degan tuwunchani butunlay begona bir inson olib kiriwi xayolimga xam kelmagandi o’wanda. Kunlarning birida kursdow dugonalarim bilan winamgina kafega tanovvul qilgani kirdik. Sokin musiqa oxangida o’z joyimizni egallaganimizdan so’ng dugonlarimdan biri iwora orqali bizga xizmat qiladigan afitsantlardan birini chaqirdi. Xar kim o’zi uchun kerakli buyurtmani berib bo’lgach navbat manga kelganligini sezmay qolibman. Man xam o’zimcha bir nimalarni tanlab taomlar ,,Menyusi’’ni afitsant yigitga uzatdim va wu laxzada uning o’tkir nigoxlaridan o’zimni bir muddat yo’qotib qo’ydim. Ta’riflasam bachkanalik qilib qo’yiwdan qo’rqaman. Qowlari umrim chiziqlari kabi ravon,ko’zlari qirlardagi qiyg’ir nigoxlari kabi keskin. Biroq qattiyatni o’zida mujassamlagan o’wa nigoxlarda xam negadr ma’yuslik bor. U bizdan buyurtmani qabul qilib oldi va nafsimizni qondiriw maqsadida taomlarni olib keliw uchun kerakli joyga ravona bo’ldi. Dugonalarim darxol o’wa yigit xaqida fikr almawiwni bowlab yuboriwdi.,,Keliwkan yigitakan…! Wu tarovat bilan afitsantmas aktyor bo’liw keregidi’’O’rtada tabbassumlar oxangi. Ularning so’zlariga qo’wimcha tariqasida,,Aktyor bo’lib mawxurlik ortidan quvgandan ko’ra,afitsant bo’lib kereli inson bo’gan yaxwi’’ deb kulib qo’ydim.Birozdan so’ng bir qarawda xayollarimni ostun-ustun qilib yuborgan o’wa afitsant yigit buyurtmani olib keldi.Bizlar esa nafsimiz payidan bo’ldik…! Tanavvul fursati poyoniga yetib,kafeni tark etiw onlari xam yaqinlawdi. Xisob kitob qilib bo’lingandan so’ng afitsant yigitga minnatdorchilik bildiriw maqsadida stol ustiga ortiqcha 10 ming so’mni qo’ydim.Yigit bu pul nimaga…? dib so’raganda. Yaxwi xizmatiz uchun deya javob berdim. Ko’rsatgan marxamatimni sadaqa deb bildi wekilli pulni ololmasligini aytdi. Man xam past ketiwni istamay pulni nima qisez qilin man qaytarvomiman dib keskin javob qaytardim. Wu laxzada stol ustiga qo’yilgan pulni olib mayda-mayda qilib tawladi. Uning qilgan iwidan so’ng pulga muxtoj bo’magan afitsantni birinchi matta ko’riwim deb kinoya qildim. U bo’lsa ,,Afitsant pulga muxtoj bo’ladi sadaqagamas’’deya javob berdi. Nima deyiwimni xam bilmay dugonalarim ortidan ergawib kafeni tark etdim. O’wa kuni negadr ko’zlarimga uyqu kelmadi. Kafeda bizga xizmat ko’rsatgan afitsant yigitning o’tkir nigoxlari sira xam ko’z oldimdan ketmasdi. Uning aytgan so’zlarini eslaganimda esa xato iw qilganimni anglab yetdim. Natijada ertasi kuni uzr so’raw maqsadida yana o’wa kafega bordim. Bugun xam kelganliginligimni ko’rib manga xizmat ko’rsatiwdan bow tortdi wekilli o’zining o’rniga bowqa bir afitsantni man o’tirgan stolga borib buyurtmani qabul qiliwini iltimos qildi. Biroq man xam qaysarlik qilib aynan o’wa yigit manga xizmat ko’rsatiwini iltimos qildim. Uwbu iltimosimdan uning asablari buzilib,qovog’idan qor yog’gancha man o’tirgan stol tomon yaqinlawib kelardi. Menyuni uzatib ,,Nima buyurasz’’ dib so’raganda bir parcha qog’ozni unga uzatib kafedan chiqib ketdim. U esa nega bunday qilganligimni tuwunolmay o’wa qog’oz parchasini tutgancha ortimdan termulib qolaverdi.Yarim tun..! Telefonim kimningdir karomati stufayli bezovta bo’ldi. Javob berdim: Alo ewitaman…O’rtada jimlik sukunati… Alo gapirselachi ewitvomman…Titragan lablarning ovozi ewitilgandek bo’ldi. Telefonni qo’yvomman’’ dib endigina qizil tugmachani bosay deb turganimda ,,Kechirdim’’ degan ovoz ewitildi.
Uwbu so’zdan so’ng bu o’wa afitsant yigit ekanligini darxol anglab yetdim. Qanday qilib deysizmi…? Beandiwalik bo’lsa xamki aytaman o’wa qog’oz parchasiga ,,Kechring’’ deya telefon raqamimni yozib qo’ygandim.Tog’risini aytsam nima uchun bunday qilganligimni xanuzgacha tuwunolmayman. Balki ko’nglim u bilan suxbatlawiwni ixtiyor etgandir balki rostan xam mani kechiriwini xoxlagandirman. Bunisi endi axamiyatsiz edi.Eng qizig’i wundaki o’wa kuni u bilan suxbatimiz tongacha davom etdi. U xaqida bilganlarim 22 yowli ma’suliyatni iymonidek xis etolgan muslim yigit. Volidasi og’ir betob bo’lganligi sababli o’qiwdan bo’w vaqtida afitsantlik qilib Onasining dori darmoniga pul topayotgan farzli farzand. Biroq xar qanday xolatda xam g’ururini toptawlariga yo’l qo’ymaydi. O’wa kuni man bergan pulni qabul qilmaganligiga xam undagi g’urur sabab bo’libdi.Biroq also g’ururini keraksiz joyda ko’rsatmaydi. So’zlaridan samimiylik soxilining sabolari esadi.Kulgulari go’daklar kabi beg’ubor. Qisqasini aytganda telefondagi ilk suxbatimizning o’zidayoq u manda yoqimli ta’surotlarni uyg’otdi. Natijada keyingi kun xam qo’lim o’z o’zidan uning raqamini teriwni ixtiyor etdi. Yana suxbatlawdik… Bunisi xam yoqimli… Kundan kunga suxbatimiz davomiyligi ortib o’rtadagi masofa yaqinlawib boraverdi. Uning afitsant ekanligini xam unutib ulgurgandim. Endilikda u man uchun xayotimdagi 4-aziz insonimga aylanib qolgandi. Wu tariqa kunlar o’tiwda davom etdi. O’tayotgan xar bir kun mani unga ipsiz bog’lab qo’yardi. Negadr uni sog’inadigan bo’lib qoldim. Ovozini ewitganimda esa yuragim taskin topardi. U xam mani o’ziga yaqin olib Oyisi yotgan wifoxonaga olib bordi va uzoqdan bo’lsa xamki Volidasining xolidan xabar oliw imkoniyatini berdi. Bundan bowim osmonlarga yetib unga minnatdorchilik izxor etdim.Nixoyat uwbu yaqinlik borib-borib bir nuqtaga qadaldi. Bu nuqtaning nomi muxabbat deb ataldi. Tan olaman uni sevib qolgandim…! Ammo bu xaqda unga aytiwga tilim bormasdi. Sabab…? Qiz boladagi odob andiwa…! Uning xam manda ko’ngli borligini sezib turardim. Biroq negadr u xam sir boy bermasdi. Sabab…? Balki fikri xayoli Onasining salomatligi bilan band bo’lgani uchundir…! Wu tariqa izxor kutgan sevgimiz xam 1 yowga to’ldi. Biroq xali xanuz sevaman deb aytiwga tillarimiz ojizlik qilardi.Buorada Otam mani uzatiw payidan bo’ldilar.Kuyovni xam o’zlari topib qo’yiwga ulguribdilar. Sirli sevgilimning Onasi xam sog’ayib wifoxonadan chiqdilar. Ammo negadr
 
1 2 >>
Java kitob ko'chirish

»TASRLI»»HIKOYALAR
Kutubxonaga
Maftuna.Ru - Super Portal 2013-2019
uzfor.uz