Maftuna.Ru

Assalomu alaykum, Mehmon
Assalom alaykum,
o'zbegim
Qiyosi yo`q uning mehri bir daryo,
O`xshasa o`ziga o`xshaydi O`zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O`zbek!
O`nta bo`lsa o`rni boshqa uningchun,
O`g`lim otashimdan yaralgan uchqun. Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O`zbek!
Bir qo`lda belanchak, bir qo`lda
Qur`on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon, Yashnasin olam deb yashaydi O`zbek!
Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro`y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo`lsa bitta uyga jam,
To`shak yetmay to`nin to`shaydi
O`zbek! Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo`yin egmaydi zinhor.
Beshik to`la jajji islomlari bor,
Tosh o`tmas qo`rg`onga o`xshaydi
O`zbek!
Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O`xshasa o`ziga o`xshaydi O`zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan
o`pib,
Kam bo`lma bolam deb yashaydi
O`zbek!
 
Java kitob ko'chirish

»VATAN~MADXI
»SHERIYAT»»GULSHANI
Kutubxonaga
Maftuna.Ru - Super Portal 2013-2019
uzfor.uz