Maftuna.Ru

Assalomu alaykum, Mehmon
Assalom alaykum,
Ona duosi
Biring ikki bo‘lsin nima ushlasang,
Yo‘llaring oq bo‘lsin tog‘lar qoricha.
Sen yorug‘ dunyoda tinch yurar
bo‘lsang,
Men duo qilarman umrim boricha.
Ko‘zingda ko‘rmasam alam ranjini,
Boshingda ko‘rmasam tumonot
savdo.
Olib bermasang ham olam ganjini,
Sendan onaginang rizodur, rizo!
Hayoting bema’no tuyulsa, bolam,
Qorong‘u ko‘rinsa bu ko‘hna dunyo.
Ketsin deb qalbingdan yer yutkur
alam,
Yorishsin dunyo deb aylarman duo.
Yuraging qisilsa takroru takror,
Kenglikka chiqqin-da, aytgin sho‘x
o‘lan,
Bu ham hasratingta kelmasa bakor,
Ko‘nglingni bo‘shatgin she’r yozmoq
bilan.
Qadim ertaklarni tinglash sozdir xo‘p,
Oltin umrlarni unda ko‘rarsan.
Sehrli hayotga mahliyo bo‘lib,
Bevosh o‘ylaringni aldab yurarsan.
Yetishsang, to‘y bersang yurtga
mabodo,
Jamshid havas qilsin sening
bazmingta.
Noming doston bo‘lib yursang el aro,
Murod-maqsadingta yetsang, bas,
menga.
Yomonlar yo‘lini tutmagil minba’d,
Fisqu fasodlardan yiroq bo‘l, to‘xlim.
Olginu oldirma, unib-o‘s, faqat
Yuzimni yerlarga qaratma, o‘g‘lim!
 
Java kitob ko'chirish

»OTA~ONA
»SHERIYAT»»GULSHANI
Kutubxonaga
Maftuna.Ru - Super Portal 2013-2019
uzfor.uz