Maftuna.Ru

Assalomu alaykum, Mehmon
Assalom alaykum,
Örik darahti 4-qisim (söngi)
Bahorani muzdek jasadini quchdi, qattiq quchdi.
Sel bo'lib yig'lay boshladi. Ko'z yoshlari Bahorani
yuzlariga tushardi. Opasini yuziga yana labini
bosdi. Lablari seskanib ketdi.
-Opajon, sovqotib ketibsiz-ku, keling sizni isitib
qo'yaman. Taftim bilan isitaman opajonim. -u yig'lagancha Bahorani quchib turardi. Negadur
o'zi ham muzlab ketardi. Havotir bilan yugurib
kelgan Bahodir aka xonaga kirdi. Nigora bag'rida
olib o'tirgan Bahorani ko'rib esi ketdi, oyog'idagi
darmon ketib o'tirib qoldi. Nigorani bir qo'li uning
bo'ynidan o'tkirilgan edi, Bahoraning boshi osmonga qaragancha jonsiz likillab turardi. Qo'li
esa osilib turardi.
-Bolam... Bolaaam!
***
Bahora vadasini ustidan chiqdi. U aytganidek
oppoq kafanda, shoxona taxti ravon bo'lmish tobutda bu uyni tark etdi. Keng uyni kelinchagi
bo'laman degan edi, qabr uning makoni bo'ldi...
***
Nigora endi har kuni darsga kechikardi. Bir kun
shoshilib, oyoq kiyimlari orasidan qo'liga
ilashganini oldi. Ichida maktub bor edi. "Yana kechikyapsanmi shumtaka? Iltimos, buni
kiyma! Qara, pushtiligi uchun, kiyimlaringga mos
tushmayapti, oq tuflingni kiyaqol, xop". U dili
vayron bo'lib, oq tuflisini oldi. Uning ichi ham
bo'sh emas edi.
"Kuning ajoyib o'tsin. Jilmayib yur! Yugur endi, kechikyapsan.". Nigora xolsiz qadamlar ila uydan
uzoqlashdi.
Bir necha kun o'tdi. Soat jiringlagach Nigora
shoshilib turdi. Bugun opasining tug'ilgan kuni. U
yuz - qo'lini yuvib, pardoz oynasi oldiga o'tirdi.
Oyna oldida turgan narsalarni chang bosib ketgandi. Shu jumladan maktubni ham. Uni
shoshilib o'qiy boshladi.
"Ooo, nimani sharofati bilan erta turding? Pardoz
qilmoqchimisan? Bemalol. Qayerdan bildim
aytaymi? Vaqting bemalol bo'lgan vaqtlargina
pardoz qilasanda. Mayli, bugungi ishlaringga omad!"
Nigora maktubni bag'riga bosgancha, yum-yum
yig'ladi.
"Tug'ilgan kuningiz bilan opajon. Sizni juda
sog'indim, sog'inib ketdim".
Oylar ketidan oylar o'tib, bahor keldi. Bahodir aka xotirjam, jilmaygancha uxlardi. Chunki, tushiga
qizalog'i Bahora kirgan edi. U jilmaygancha,
"Dadajon, mening daraxtim ham gulladi, endi u
ham meva tugadi." deya mamnun edi.
Uning uyqusini Nigoraning shodon ovozi buzdi:
"Dadajon, opamning daraxti qurimabdi, qarang oppoq bo'lib gulladi. Juda ko'p meva beradi endi.
Xuddi opam istaganidek, oppoq bo'lib gulladi.
Hovlini esa gullarning ifori tutib ketdi, xuddi
opajonim orzu qilgandek, dadajon!" u shunday
deya oppoq bo'lib gullagan kattakon o'rik daraxti
ostida shodon aylanardi... Kechiring meni, mehribon dadajon,
Bilmagandim, omonatligin tandagi jon.
Avf eting, shodon kunlar bera olmadim,
Istasamda yoningizda qola olmadim.
Jonim singlim, erkatoyginam,
Ko'zlaringda aslo qalqmasin nam. Seni jondan aziz ardoqlar edim,
Iloji bo'lganda, qolgan umrimni hadya qilar edim.
Kechiring meni jonim, suyganim,
Og'ir botmasin sizga bevaqt o'lganim...
Ishoning bir bor ham qilmadim xiyonat,
Shunchaki taqdir menga qilmadi adolat. TAMOM.
 
Java kitob ko'chirish

»TASRLI»»HIKOYALAR
Kutubxonaga
Maftuna.Ru - Super Portal 2013-2019
uzfor.uz